Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Roma” El-Shaaravining transferi haqida e'lon qildi
Transfer huquqi “Milan” klubiga tegishli bo‘lgan yosh hujumchi Stefan El-Shaaravi Italiyaning boshqa bir jamoasi “Roma” safiga o‘tdi.
Rimliklar uni sotib olish huquqi bilan 1,4 million yevro evaziga mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Keyinchalik “Roma” El-Shaaravining transfer huquqini 13 million yevro evaziga xarid qilish imkoniga ega.
Qayd etish kerakki, rimliklar uni biroz oldin Xitoyning "Xebey Chjuntszi" jamoasiga transfer qilingan Jyervinoning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli italiyalik hujumchi “Monako” safida Fransiya chempionatining 15ta o‘yinida maydonga tushgan.