Texnologiya | 12:07 / 27.01.2016
3047
1 daqiqa o‘qiladi

Apple rahbari kompaniyaning 2016 yil boshidagi ko‘rsatkichlarini “ulkan yutuq” deb baholadi

Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk kompaniyaning 2016 yil birinchi choragidagi ko‘rsatkichlarini “ulkan yutuq” deb baholadi hamda jahon iqtisodiyotidagi turbulentlikdan nolidi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.

Uning fikricha, butun dunyodagi iqtisodiy muammolar, iqtisodiy o‘sish sur'atlarining pasayishi, valyutalarning dollarga nisbatan kuchsizlanishi, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir o‘tkazgan.

“Bizning natijalarimiz global makroiqtisodiy muhit yaratayotgan muammolar fonida ulkan yutuq bo‘lib ko‘rinmoqda, - dedi Kuk. – Biz hamma yerda ekstremal vaziyatga duch kelmoqdamiz va bu biz ilgari ko‘rganimizdan katta farq qiladi”.