Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh shaharlaridan birida masonlar ibodatxonasida qirg‘in uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
AQShning Miluoki shtatida ommaviy qotillikni rejalashtirgan 23 yoshli kishi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Journal Sentinel nashri.
Aytilishicha, 23 yoshli Sami Muhammad Hamza masonlarning Xemfri ibodatxonasiga kirib, u yerdagi o‘nlab odamlarni o‘qqa tutmoqchi bo‘lgan.
U ayni paytda hibsga olinib, noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda.
Hamza Falastindan 17 yoshida AQShga kelib, ota-onasi bilan Miluokida yashagan. Dastavval u Isroil harbiylariga qarshi kurashda ishtirok etish uchun Yaqin Sharqqa qaytib ketishni xohlagan, lekin bu harakatlarini tashlab, AQShda terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga qaror qilgan.