Sport | 20:00 / 27.01.2016
4162
1 daqiqa o‘qiladi

Australian Open. Jo‘rabek Karimov chempionatning chorak finaliga chiqdi

Melburn shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open) davom etmoqda.

Chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston vakili Jo‘rabek Karimov chorak finalga chiqdi.

Dastlabki davrada AQSh vakili Ezekel Klarkni 6-1, 6-3, ikkinchi davrada esa gonkonglik Entoni Tangni 6-4, 6-4 hisobida yenggan Jo‘rabek, uchinchi davrada koreyalik tennischi Chan Yon Ox ustidan 6-4, 6-2 hisobida g‘alaba qozondi.

Avstraliya Ochiq chempionatini O‘zbekistonning yana bir vakili tark etdi