Sport | 19:38 / 27.01.2016
4560
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" Ramiresni Xitoy jamoasiga transfer qildi

"Chelsi"ning braziliyalik yarim himoyachisi Ramires faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. Jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 29 yoshli bu futbolchini "Tszyansu Saynti" jamoasi sotib olgan va u bilan endi 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, uning transfer qiymati 20 mln yevroni tashkil etgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Ramires "Chelsi"da 21 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va 3ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ushbu yarim himoyachi 2010 yilda "Benfika"dan "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgandi.


Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasi Ramires uchun «Chelsi»ga 25 mln yevro to‘lamoqchi