Jamiyat | 08:18 / 27.01.2016
8757
1 daqiqa o‘qiladi

"Cho‘qintirgan ota" filmida suratga tushgan aktyorlardan biri 94 yoshida vafot etdi

Amerikalik aktyor, gangsterlar hayoti haqida ishlangan "Cho‘qintirgan ota" filmida Salvator Tessio rolini ijro etish orqali mashhurlikka erishgan Eyb Vigoda 94 yoshida olamni tark etdi.

Bu haqda uning qizi Kerol Vigodaga asoslanib, Assoshieyted Press nashri xabar tarqatgan. Uning aytishicha, otasi oxirgi uyqusidan uyg‘onmagan.

"Otam hech qachon betob bo‘lganini ko‘rmagandim", deydi Kerol.

Qayd etilishicha, u qizining Nyu-Jyersidagi uyida vafot etgan.