Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 22:52 / 27.01.2016
4687
1 daqiqa o‘qiladi
Floridadagi stadionda dronlar poygasi uyushtirildi
Quartz nashri dronlar poygasi videosini chop etdi. Ushbu video dronlardan biri tomonidan olingan. Poyga Floridadagi stadionlardan birida bo‘lib o‘tdi.
Soatiga 128 km tezlik bilan harakatlana oladigan dronlar stadionning perimetri bo‘ylab yonib turgan kvadratlar va tribunalar ostidagi parkovkalardan uchib o‘tdi.
Ushbu rolik poygani uyushtirgan Drone Racing League (Poyga dronlari ligasi) kompaniyasiga bag‘ishlangan. Kompaniya dronlar poygasi olamining “Formula 1”i bo‘lmoqchi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish