Jahon | 22:15 / 27.01.2016
4367
1 daqiqa o‘qiladi

Gaagadagi xalqaro jinoiy sud 2008 yildagi Gruziyadagi vaziyatni tergov qilishni boshladi

Gaagadagi xalqaro jinoiy sud prokuraturasi 2008 yildagi Gruziyadagi vaziyatni tergov qilishni boshladi. Bu haqda sud saytida ma'lum qilindi.

2008 yilning 1 iyulidan 10 oktabrigacha Janubiy Osetiya va Gruziyada amalga oshirilgan jinoyatlar tergov qilinmoqda. Jumladan, gap qatag‘onlar va tinchlikparvar kuchlarga hujum qilishlar haqida ketmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2008 yil 8 avgustda gruziyalik harbiylar tomonidan Janubiy Osetiyaning Tsxinvali shahrining o‘qqa tutilishini xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi deb atagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish