Sport | 15:11 / 27.01.2016
3448
1 daqiqa o‘qiladi

«Match TV»da sharhlovchi sifatida ishlaydigan sobiq futbolchilar soni ortdi

Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchilari Yevgeniy Aldonin, Igor Semshov, Aleksandr Shirko va Ruslan Pimenov Rossiyaning «Match TV» telekanalida futbol sharhlovchisi sifatida faoliyat olib borishadi. Bu haqda Sports.ru telekanaldagi manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra futbolchilar tez orada telekanalda sharhlovchi sifatida debyut qilishadi. 30 yanvar kuni Shirko Aleksandr Yelagin bilan birga Angliya kubogining 1/16 final «Liverpul» — «Vest Hem» uchrashuvida ishlaydi.

31 yanvar kuni esa Pimenov Vladimir Stogniyenko bilan Italiya chempionati doirasidagi 22-turdan o‘rin olgan «Napoli» — «Empoli» uchrashuvida sharhlovchilik qiladi.

Ruslan Nigmatullin esa 30 yanvar kuni Konstantin Genich bilan birgalikda Ispaniya chempionati 22-turining «Xetafe» — «Atletik» uchrashuvida faoliyat olib boradi.