Jahon | 15:44 / 27.01.2016
5252
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy oldida 30 yildan ortiq vaqt davomida petitsiyalar uyushtirib kelgan ayol vafot etdi

30 yildan oshiqroq vaqt mobaynida Oq uy oldida tinchlik yadroviy qurollarga qarshi kurashib petitsiyalar uyushtirgan ayol vafot etdi.

Washington Post bergan ma'lumotga ko‘ra, Kontsepsion Pichchotto dushanba kuni Vashingtondagi ovloq joylarning birida vafot etgan. O‘limning sababi va ayolning yoshi borasida aniq ma'lumotlar yo‘q. U taxminan 80 yoshlar atrofida bo‘lgani aytilmoqda.

Ayol 1960 yilda Ispaniyadan AQShga muhojir sifatida kelib qolgan. Avvaliga u Ispaniya elchixonasida ishlagan va italyan yigitiga turmushga chiqqan, undan ikki nafar qiz farzand ko‘rgan. Ularning noqonuniy ravishda asrab olgan o‘g‘il farzandini esa eri ajrashgach o‘zi bilan olib ketgan.

Ayol 1981 yildan boshlab u ikki nafar sherigi bilan tinchlik uchun kurashuvchi harakat guruhiga qo‘shilgan. Biroq ular tashkil etgan petitsiyalar biror marta ham kongressda muhokama mavzusiga aylanmagan.

Politsiya va Oq uy xavfsizlik xizmati uning noroziliklariga xalaqit berishmagan. Biroq qonunchilikka binoan piketlarga e'tiborsiz qarab bo‘lmasligi bois ular hushyor kuzatib borilgan.

Bu vaqt ichida Pichchotto (uni tanishlari «Konni» yoki «Konchita» deb atashgan) Vashingtonning ramzlaridan biriga aylandi. Uning qo‘lidagi yozuv tushirilgan plakat ancha mashhur bo‘lgan va sayyohlar tez-tez uni suratga olib ketishgan. U shuningdek «Farengeyt 9/11» va «Orakula Pensilvaniya avenyusi» hujjatli filmlarida ham ko‘rinish bergan. Konchitaning o‘zi missiyasi haqida har doim bir gapni takrorlagan: «Men shu yerda bo‘lishim kerak. Bu – mening hayotim».