O‘zbekiston | 11:13 / 27.01.2016
18056
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston KXDRning navbatdagi yadro sinovlari sababli o‘z tashvishini bildirdi

KXDRda navbatdagi yadro sinovlari o‘tkazilgani O‘zbekistonda tashvish bilan qabul qilindi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligi xabarida.

“Bular BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining qo‘pol ravishda buzilishi bilan birga Koreya yarimorolida tinchlik va o‘zaro ishonchni o‘rnatish yuzasidan jahon hamjamiyatining sa'y-harakatlariga qarshi borish hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni barpo etishning tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma qoidalariga qat'iy rioya etilishining tarafdori bo‘lgani holda Pxenyanni keskinlik kuchayishiga olib boradigan hamda mintaqadagi va, umuman, dunyodagi xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlika hisoblanadigan buzg‘unchilik harakatlarini to‘xtatishga chaqiradi”.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish