O‘zbekiston | 14:15 / 27.01.2016
5495
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik harbiylar “Elburs halqasi” tanlovida ishtirok etadi

Rossiya harbiylari Armiya xalqaro o‘yinlari doirasida o‘tadigan “Elburs halqasi” nomli yangi tanlovga 10dan ortiq davlatlarning harbiy jamoalarini taklif qildi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, bular orasida Xitoy, Serbiya, Hindiston, Italiya hamda MDH davlatlari bor.

“Biz “Elburs halqasi”ning xalqaro bosqichi uchun MDHning 8 davlati (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston), shuningdek, Xitoy, Serbiya, Hindiston va Italiyaga taklifnoma yo‘lladik”, - dedi RF qurolli kuchlari jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi rahbari polkovnik Oleg Botsman.

Harbiy jamoalarning bellashuvi Kabardin-Bolqor respublikasida, Elburs yonbag‘rida, Terskol qishlog‘i yaqinidagi tog‘ tayyorgarligi markazida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish