Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Palermo" prezidenti Italiya A Seriyasi o‘yinlarini to‘xtatib turishni taklif qildi
"Palermo" prezidenti Mauritsio Dzamparini politsiyachilarning Italiyadagi 35ta jamoaga nisbatan ularning moliyaviy qing‘irliklari bo‘yicha gumon bilan tekshiruv boshlaganiga darg‘azablik bilan munosabat bildirdi.
Huquqni muhofaza qilish organlari soliqlardan bo‘yin tovlashda gumon qilayotganlar qatorida ushbu sport amaldori ham bor edi.
"Men o‘ylaymanki, bu tekshiruvlar asossiz. Bu jarayonning kinodan farqi yo‘q. Men ulardan isbot talab qilaman. Axir men hamisha qonun doirasida faoliyat ko‘rsatib kelganman. A seriyadagi barcha jamoalarning rahbarlari yig‘ilishini va chempionat o‘yinlarini to‘xtatib turishni so‘rayman.
Mening izimga tushishgani haqida qanday bilganimni aytayinmi? Jamoamizning sobiq sport direktori Rino Foski menga qo‘ng‘iroq qildi va ko‘zlarida yosh bilan uning hisob raqamini hibs qilishgani haqiad aytdi. Bilasizmi, uning hisobida qancha bor edi? 5 ming yevro! Bu hozirgi Italiya. Men bu vaziyatga nima deyishni ham bilmayman. Bu shunchaki sharmandali holat", deydi Dzamparini La Repubblica nashriga.
Italiyaning A va B seriyalaridagi 35 jamoa soliqlardan bo‘yin tovlagani gumon qilinmoqda