Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi “Pyaterochka” do‘konidan kolbasa o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoyatchi do‘kon ma'murini travmatik quroldan yaraladi
Sankt- Peterburg huquq-tartibot muassasalari xodimlari Kupchinodagi “Pyaterochka” do‘konidan bitta kolbasa o‘g‘irlashga urinish vaqtida do‘kon ma'murini travmatik quroldan jarohatlagan kishini qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi.
“Noma'lum jinoyatchi do‘kondan pulini to‘lamay bir dona kolbasa olib chiqib ketmoqchi bo‘lganda 45 yoshli ma'mur tomonidan to‘xtatilgan. Shundan keyin jinoyatchi yonidagi travmatik to‘pponchadan ma'murga to‘rtta o‘q uzgan, biroq do‘kon xodimlari tomonidan qo‘lga olingan”, deyilmoqda xabarda.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqazilgan. 30 yoshli hech qayerda ishlamaydigan jinoyatchiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.