Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyadagi o‘nlab jamoalar tarkibiga xitoylik futbolchilarni jalb etish shart qilib qo‘yildi
Portugaliyaliklar ikkinchi ligani Xitoyda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Ledman kompaniyasiga "sotishdi". Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Ledman keyingi mavsumda Portugaliyaning ikkinchi divizioni bosh homiysi bo‘ladi.
Bu bo‘yicha kelishuv 25 yanvar kuni Pekinda kompaniya rahbariyati hamda sobiq hakam, Portugaliya professional ligasining amaldagi rahbari Pedro Proyensa ishtirokida tuzilgan. Turnirning nomi Ledman Proliga qilib o‘zgartirilishi belgilangan.

Kelishuv shartiga ko‘ra, ikkinchi divizionning o‘nlab jamoalari keyingi mavsumda o‘z tarkibiga kamida bir nafardan xitoylik futbolchini qo‘shib olishi kerak bo‘ladi. Bundan maqsad - Xitoy futboli rivojiga hissa qo‘shish hisoblanadi.
Bundan tashqari, Ledman Portugaliyaga uch nafar mutaxassisni ligadagi jamoalarning bosh murabbiylariga yordamchilik qilish va malaka oshirish uchun jo‘natadi.
Shartnomaning moliyaviy jihatlari ayon qilinmagan. Qayd etish kerakki, xitoylik tadbirkorlar bunday ishlarni keyingi vaqtlarda ko‘proq amalga oshirishmoqda. Bundan oldinroq, ushbu mahalliy kompaniya ichki birinchilikning bosh homiysiga aylangandi.