Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik qo‘shiqchi Valeriyaning o‘limi haqida yolg‘on axborot tarqatgan “Ukraina OAVsi” Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgani ma'lum bo‘ldi
25 yanvarda rossiyalik qo‘shiqchi Valeriyaning Smolenskda yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatgan “Informatsionnyy portal Ukrainy” internet-sayti Gonkongdan ro‘yxatdan o‘tgani ma'lum bo‘ldi.
Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i Iosif Prigojin o‘zlarining o‘limlari haqidagi yolg‘on axborotni rad etishga majbur bo‘lganlar. Ular Instagram’dagi akkauntlarida “Ukraina OAVsini” yolg‘on axborot tarqatishda ayblaganlar. O‘z navbatida bu yolg‘on axborotni tarqatgan Rossiyaning ko‘pchilik nashrlari ham asl manbani e'tiborga olmay, qandaydir “Ukraina OAVlari”ga iqtibos keltirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu portal Domain ID Shield Service CO., Limited kompaniyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu kompaniya internet-saytlar egalari haqida real ma'lumotlarni berkitish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Portalning o‘zida u haqda na biror bir kontakt ma'lumotlar, na OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida eslatma bor. Portalning nomidan boshqa uning Ukrainaga hech qanday aloqasi yo‘q.
Portal har kuni yolg‘on yangiliklar chop etib boradi. Unda Rossiyaga qarshi qaratilgan ko‘plab yangiliklar chop etiladi. Xususan, faqatgina oxirgi kunlarning o‘zida portal qo‘shiqchilar Iosif Kobzon, Nikolay Rastorguyev o‘limi, Rossiyada aviahalokat sodir bo‘lgani, Donetskda grippdan yuzlab ayirmachilar halok bo‘lgani, O‘rta Yer dengizida Rossiyaga qarashli suv osti kemasining falokatga uchrashi va buning oqibatida 153 dengizchi halok bo‘lgani, Rossiya harbiylarining Donetsk yaqinidagi Marinka shahriga kirgani va Ukraina armiyasi bilan jang qilgani haqida yolg‘on-yashiq ma'lumotlar tarqatilgan.