Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanjar Tursunov Qatarning “Umm Salal” jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Sanjar Tursunov yangi jamoasi bilan bitim tuzdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
29 yoshli futbolchi 2014 yilda Rossiyaning "Volga" jamoasidan ketgach, bugunga qadar Ukrainaning “Vorskla” jamoasi safida to‘p surayotgandi. U endilikda faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida, "Umm Salal" jamoasida davom ettiradi.
"Sanjar Tursunov shu oy avvalida jamoani tark etgan eronlik futbolchi Andranik Temuryanning o‘rnini to‘ldirish uchun xarid qilindi", deb yozadi Qatar Yulduzlar Ligasi rasmiy sayti ushbu transfer haqida.
Ta'kidlanishicha, futbolchi 27 yanvar, seshanba kuni klub bilan 18 oyga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Transfer qiymati ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, Tursunov o‘zining yangi jamoasi bilan seshanba kungi mashg‘ulotlarda qatnashgan. Uning “Umm-Salal” tarkibidagi debyuti 28 yanvar kuni chempionat peshqadami “Ar-Rayan”ga qarshi o‘yinda bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Sanjar Tursunov «Vorskla» jamoasini tark etdi
Sanjar Tursunov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi
Sanjar Tursunovning yangi jamoasi nomi ma'lum bo‘ldi