Jahon | 09:56 / 27.01.2016
4153
2 daqiqa o‘qiladi

Tailanda qattiq sovuq tushgan hududlarda 14 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi

Tailandda iqlimning keskin tushishi natijasida 3 kundan buyon davom etayotgan sovuq harorat tufayli 14 kishi halok bo‘lgan.

Mamlakatning markaziy va shimoliy qismlarida qurbonlar berilmoqda. Halok bo‘lganlarning aksari surunkali xastaliklarga uchragan bemorlar bo‘lib, qattiq sovuq ularning hayotiga nuqta qo‘ygan.

Tailand subekvatorial mintaqada joylashganligi uchun aholining aksariyat uylari past haroratga moslashmagan.

Tailand meteorologik departamentining ma'lum qilishicha, ob-havodagi o‘zgarish qirollik hududiga o‘tgan 24 yanvar, yakshanba kuni Xitoy tomondan kirib kelgan antitsiklonning ta'sirida yuzaga kelmoqda.

Qor bo‘ronlari yuz berishi xavfi tufayli Pattani, Naraxivat va Nakxonsitxammarat viloyatlaridan yuzlab kishilar xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Prognozlarga ko‘ra, mamlakatda noqulay ob-havo sharoiti yana 2 kun davomida saqlanib turadi.

2014 yilda Tailandda qattiq sovuqlar 63 kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi. O‘shanda mamlakatning shimoliy hududlarida bir necha hafta davomida -4 darajagacha sovuqlar qayd etilgan.

Tailandda eng sovuq qish oxirgi marta 1975 yilda qayd etilgan, o‘shanda termometr ko‘rsatkichlari minus 10 darajani ko‘rsatgandi.