Jahon | 20:00 / 27.01.2016
5009
1 daqiqa o‘qiladi

Xillari Klinton Obamani Oliy sud tarkibiga kiritish g‘oyasiga “Vau!” deya hayratlandi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Barak Obamani Oliy sud tarkibiga kiritish taklifiga ijobiy fikr bildirdi, deb yozmoqda The New York Times nashri.

Ma'lum qilinishicha, Klintonga saylovchilar bilan uchrashuvda agar u prezident bo‘lsa, Obamaning nomzodini Oliy sud a'zosi bo‘lish uchun taklif qilishga tayyormi, deya savol berildi.

“Vau, qanday ajoyib fikr. Menga buni hech kim taklif qilmagandi. Vau! Bu menga ma'qul. Vau!” deya javob qaytardi Klinton.

Klintonning aytishicha, Obama bu lavozimni rad etishi mumkin, chunki “uning boshqa ishlari ham bo‘lishi mumkin”.