Jamiyat | 19:08 / 28.01.2016
6162
1 daqiqa o‘qiladi

Yulduz Usmonovaning yangi musiqiy albomi taqdimoti DVD disklari 31 yanvar kuni sotuvga chiqariladi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2015 yilning 22 dekabrida Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranida “Men sen bilan qirolichaman” nomli, 30 yillik ijodiy faoliyatidagi 60-musiqiy albomini kichik konsert ko‘rinishida taqdimot etgandi. Bu taqdimotda yigirmaga yaqin qo‘shiqlar kuylangan edi.

Ma'lum qilinishicha, joriy hafta oxirida mazkur konsert dasturining DVD hamda Blu-ray formatidagi disklari sotuvga chiqadi. 31 yanvar kunidan boshlab Toshkent shahridagi Discovery do‘konlaridan shunday disklarni xarid qilish mumkin bo‘ladi. 

Yulduz Usmonova 30 yillik ijodiy faoliyatidagi 60-musiqiy albomini taqdim etdi

Yulduz Usmonovaning yangi albomi taqdimotidan reportaj

Kun.uz'da intervyu - Yulduz Usmonova: «Inson umri so‘ngiga qadar dars olishi lozim»