Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple o‘zining iPhone 7 Plus smartfonini ikkita yonma-yon joylashgan kamera bilan jihozlashi mumkin
Apple kompaniyasi iPhone 7 Plus smartfonini suratga olishning sifatini oshirish uchun ikkita yonma-yon joylashgan kamera bilan jihozlashi mumkin. Bu haqda kompaniya hisobotiga iqtibos keltirgan holda The Independent nashri xabar bermoqda.
“Smartfonda fotosuratning sifatini oshirish uchun “ikkita yonma-yon joylashgan kamera tizimi” qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, obektga yaqinlashganda sifatning yo‘qolishi kamayadi”, deb aytmoqda tahlilchi Ming-Chi Kuo.
Kompaniya hisobotiga ko‘ra, Apple smartfonni ikki modifikatsiya – bir kamerali va ikki kamerali modifikatsiyasini ishlab chiqarishi mumkin.
Ikkita yonma-yon joylashgan kamera funksiyasini yaratish uchun kompaniya 2015 yilda bunday kameralarni yaratish va sozlash bilan shug‘ullanuvchi firmani sotib oldi. Shuningdek, kompaniya ikkita yonma-yon joylashgan kameralarni tatbiq qilishga patent olish uchun ariza topshirdi.