Jahon | 10:32 / 28.01.2016
5245
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Moskvadagi elchixonasi qarshisida Obamani haqoratlovchi plakatning paydo bo‘lishi qoralandi

AQShda Moskvadagi elchixonasi qarshisida mamlakat prezidenti Barak Obamaning nomiga bildirilgan haqoratlovchi so‘zlar bo‘lgan plakatning paydo bo‘lishi qoralandi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Mark Toner ma'lum qildi.

“So‘z erkinligi qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar, so‘z erkinligidir. Biz prezidentimizgag bunday tavsif berilishiga qat'iy qarshimiz”, deb aytdi Toner jurnalistlarning savoliga javoban.

Bundan avvalroq Rossiya OAVlarida AQShning Moskvadagi elchixonasi qarshisidagi binoga Obamaning surati va uning ostida “killer”, ya'ni “qotil” degan yozuvi bo‘lgan plakat osib qo‘yilgani ma'lum qilingandi.

Ushbu plakatning osib qo‘yilishiga javobgarlikni “Glavplakat” art-hamjamiyati o‘z zimmasiga olgan. Ularning aytishicha, ular shu tariqa Vashingtonning Suriyaga quruqlikdagi qurollangan kuchlarni yuborish rejalariga qarshi o‘z noroziliklarini bildirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish