Sport | 09:08 / 28.01.2016
2532
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» Yarmolenkoni yozda sotib olish bo‘yicha «Dinamo» Kiyev bilan kelishuvga erishdi

Ukrainaning «Dinamo» Kiyev klubi yarimhimoyachisi Andrey Yarmolenko yozda Londonning «Arsenal» klubiga o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Sport.ua nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, tomonlar 26 yoshli futbolchining yozda Londonga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishishgan.

Oldinroq, «Dinamo» Yarmolenkoni sotishdan 30 mln yevrodan kam bo‘lmagan daromad ko‘rishni istayotgani, bundan tashqari Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuv oldidan yetakchisini yo‘qotishni istamayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» qishki transferlar paytida Yarmolenkoni «Everton»ga sotishni istamagandi. Dortmundning «Borussiya» klubi esa futbolchining transfer narxi juda qimmat deb hisoblab, uni sotib olish fikridan qaytgandi.