Sport | 11:06 / 28.01.2016
3183
2 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani borasidagi xabarni absurd deya ta'rifladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischi – 29 yoshli Denis Istomin kelishilgan o‘yinlar ishtirok etishda shubha ostiga olingan sportchilar ro‘yxatiga kiritilganidan ajablanganini bildirib o‘tdi, deb yozadi «Interfaks».

«Bu butunlay absurd. Bunday ma'lumotlar hech qanday asosga ega emas», deya ta'kidlagan Istomin.

Shuningdek, u mazkur ro‘yxatga yetakchi sportchilarning kiritilgani ko‘proq piar mojarolarni yodga solayotganini ham ta'kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, BuzFeed nashri kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani shubha ostida bo‘lgan tennischilar ro‘yxatini e'lon qilgan va dunyoning eng kuchli 50taligiga kirgan tennischilarning 16tasi, bundan tashqari o‘zbekistonlik Denis Istominni nomini ham ko‘rsatib o‘tgandi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani gumon qilinmoqda

Nomini oshkor etmagan chililik tennischi doimiy ravishda kelishilgan o‘yinlarda qatnashganini tan oldi

Britaniyalik tennischilar boshqa sportchilar haqidagi ma'lumotlarni bukmekerlik idoralariga pullashgani ma'lum qilindi

Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani gumon qilinayotgan Lleyton Xyuitt tennischilik faoliyatini yakunladi