Texnologiya | 20:22 / 28.01.2016
2553
2 daqiqa o‘qiladi

Google smartfonlarni obektlarni “taniy olishga” o‘rgatadi

Google kompaniyasi Movidius kompaniyasi bilan Android-smartfonlar uchun innovatsion chiplar yetkazib beriilishi borasida bitim tuzdi. Innovatsion protsessorlar smartfonlarga fotosurat va videoda nima tasvirlanganini anglashga yordam beradi. Bunda smartfonlar odamlar yuzlari yoki ko‘chadagi belgilar kabi obektlarni serverlarga murojaat qilmay, avtonom holatda taniy oladi.

Bunga misol sifatida o‘tgan yili ishga tushirilgan “Google Foto” xizmatini keltirish mumkin, bu xizmat suratlarni teglar va belgilar bilan belgilash zaruriyatidan xalos qiladi. Kompyuter ko‘rishi algoritmlari suratda nima tasvirlanganini (salat, pitssa) aniqlashga va ularni avtomatik ravishda tematik albomga (“Yegulik”) yig‘ishga yordam beradi. Biroq “Google Foto” ishlashi uchun internetga ulanishni talab qiladi, chunki obektlarni tanish qurilmaning o‘zida emas, balki serverlarda amalga oshiriladi.

Google obektlarni tanish vazifasini smartfonning o‘ziga bajarishi, foydalanuvchi esa surat serverda qayta ilshlovdan o‘tguncha poylab o‘tirmasligiga erishmoqchi. Texnologiya katta salohiyatga ega: u imkoniyati cheklangan odamlarga ko‘chada mo‘ljalni oson olish, sayohatchilarga esa yo‘l ko‘rsatkichlari va turli yozuvlarni bir zumda tarjima qilishga yordam beradi.

Google yangi hamkorlik doirasida Movidius kompaniyasidan bir nechta MA2450 protsessorlari va zaruriy dasturni sotib oladi. Bitimning moliyaviy tomonlari va yangi texnologiyaning chiqishi muddatlari oshkor etilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish