Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida qochqinlar mingan kema cho‘kishi tufayli 24 kishi halok bo‘ldi
Gretsiyaning Samos oroli yaqinida qochqinlar ketayotgan yana bir kema halokatga uchradi va 24 kishi cho‘kib ketdi. Ulardan 10 nafari bolalardir.
Shuningdek 11 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, kemada jami 45 kishi bo‘lgan.
Qutqaruv amaliyotida Gretsiya sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati xodimlari va Frontex Yevropa chegara agentligi ishtirok etdi. 10 kishi qutqarib olingan.
Migratsiya ishlari bo‘yicha Xalqaro tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning yanvaridan buyon O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga 704 ming nafardan ortiq kishi o‘tgan. Ularning asosiy qismi Gretsiyada qo‘nim topgan. Italiyaga 139,5 ming qochqin qabul qilingan. Dengizdagi halokatlarda bu vaqt ichida halokatga yo‘liqib, 3,2 mingdan ortiq kishi cho‘kib ketgan.