Jahon | 18:27 / 28.01.2016
2656
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya hukumati Googleni 300 mln yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda

Italiyaning tegishli organlari Google korporatsiyasini 2008-2013 yillar davomida soliq to‘lamay kelganlikda aybladi. Qarzdorlikning umumiy hajmi 300 mln yevroni tashkil qiladi. Bu haqda La Repubblica gazetasi mamlakat prokuraturasiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Idora xodimlari to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, korporatsiya 800 mln yevrolik daromadi haqida ma'lumot bermay, pullarni Italiyadan Irlandiyadagi shtab-kvartirasiga ko‘chirgan.

Ma'lum bo‘lishicha, korporatsiya rahbariyati Italiya bilan muzokara olib borib, kompensatsiya tariqasida 150-200 mln yevro taklif qilgan, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan.