Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kevin de Bryuyne jarohati tufayli Yevro-2016 turnirini o‘tkazib yuborishi mumkin
Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuynening agenti Patrik de Koster, mijozining «Everton»ga (3:1) qarshi Liga kubogi uchrashuvida olgan jarohati borasida gapirib o‘tdi.

«Kevin kamida olti hafta muddatni o‘tkazib yuboradi. Hozircha shundan boshqa biror narsa deya olmayman.
De Bryuyne o‘ziga ishongan futbolchi. Albatta, u ham Liga kubogi finali va YeChLning nimchorak finalini o‘tkazib yuborishdan biroz xafa bo‘ldi. Ammo, Kevin qanchalik tez maydonga qaytishni o‘ylamaganida Kevin bo‘la olmasdi», – deya ta'kidladi agent.
De Koster shuningdek, futbolchining Yevro-2016 musobaqasini o‘tkazib yuborishi mumkinligi borasidagi savolga ham javob qaytardi.
«Hech qachon oldindan aniq bilib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda men buni muhokama qilmoqchi emasman. Hmmasi Kevinning o‘ziga bog‘liq – konsentratsiya qila olish va o‘z holatini yaxshilash. Qolganini keyin ko‘ramiz», – dedi agent.