Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Shimoliy Koreya keyingi haftada uzoq masofali ta'sir doirasiga ega raketani uchirishi mumkin
Shimoliy Koreya keyingi hafta davomida uzoq masofali ta'sir doirasiga ega raketani uchirishi mumkin, deb xabar bermoqda Yaponiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Kyodo agentligi.
Manbaning aytishicha, yo‘ldoshdan olingan suratlarni tahlil qilish yordamida olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketani mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan “Soxe” poligonidan uchirishi mumkin.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga javoban bu mamlakat mahsulotlari va xizmatlariga sanksiya kiritilishi mumkinligini aytgandi. Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se Shimoliy Koreya yadroviy muammosini hal qilgani yaqin orada Rossiyaga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rayotganini aytgandi.
Shimoliy Koreya va mintaqadagi boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar Shimoliy Koreya 6 yanvarda vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli amalga oshirganini e'lon qilgandan keyin keskinlashib ketdi. Jahonning ko‘plab davlatlari va xalqaro tashkilotlar bu sinovlarga keskin salbiy munosabat bildirdilar va Shimoliy Koreyaning bu harakatlarini qoraladilar.