Jahon | 20:27 / 28.01.2016
2904
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik buvisining she'ridan reklamada foydalangani uchun McDonald's`dan 5 million rubl talab qildi

Moskva shahar Tver sudi 2 mart kuni buvisi Adelina Adalis (1900-1969)ning she'ridan o‘z reklamasida foydalangani uchun McDonald's`dan 5 million rubl talab qilgan moskvalikning shikoyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, Rossiya poytaxti Moskva shahrida yashovchi Sergeyev o‘zini Adalis ijodining merosxo‘ri deb hisoblaydi. Da'vogarning aytishicha, McDonald's o‘z reklamasida buvisining she'ridan foydalanish uchun ruxsat olmagan.

OAV xabarida keltirilishicha, gap “So‘nggi poema” qo‘shig‘ining bir parchasi haqida ketmoqda. Unda: “Bu tush emas, bu tush emas/Bu faqat mening haqiqatim/Bu haqiqat” so‘zlari ifodalangan. Ushbu jumlalardan McDonald’s`ning “Tuxum va bo‘tqa” reklama klipida foydalanilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish