Jahon | 15:56 / 28.01.2016
6467
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi: Rossiya Yevropada chegaralar o‘zgarishi sari harakat qilmoqda

Rossiya va NATO shaffof hamda o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni saqlab qolishi kerak. Bu haqda NATO e'lon qilgan 2015 yilgi an'anaviy hisobotida so‘z boradi.

Mazkur hisobot taqdim etilgan matbuot konferensiyasida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya sharqiy yo‘nalishda o‘zini tajovuzkor tutayotganini ham aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaning Yevropada chegaralar o‘zgarishlari sari harakat qilayotganini ko‘rmoqda. Aynan shu sababli Rossiya o‘z harbiy qudratini oshirmoqda.

Bosh kotibning qayd etishicha, Rossiya hukumatining harakatlari ko‘plab NATO davlatlarini o‘z harbiy xarajatlaridagi qisqartirishlarni to‘xtatishga majbur qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish