Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston “eng kuchli pasportlar” reytingida 64- o‘rinni egalladi
Passportindex.org saytida xalqaro havo transport ma'lumotlari va boshqa manbalar asosida dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxati e'lon qilindi. Bunda asosan pasport egasining nechta davlatga vizasiz chiqish imkoniyati hisobga olindi.
O‘zbekiston mazkur reytingda 64-o‘rinni egalladi. Respublikamiz pasportiga ega insonlar jahonning 53 mamlakatiga (Passport Index tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra) vizasiz chiqa oladi.
MDH davlatlari bo‘yicha Rossiya 36, Qozog‘iston 53, Qirg‘iziston 63, Turkmaniston 70-o‘rinni egalladi.
Reytingda birinchi o‘rinni AQSh va Buyuk Britaniya pasportlari joy oldi. Ushbu davlatlarning fuqarolari jahonning 147 davlatiga vizasiz chiqishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda esa Fransiya, Janubiy Koreya va Germaniya tilga olindi. Ular 145 davlat bilan vizasiz tartibga ega.
Mazkur reytingdan dunyoning 199 davlati joy olgan bo‘lib, ko‘pchilik davlatlar bir xil natijaga ega bo‘lgani bois bitta pog‘onaga joylashtirilgan. Natijada o‘rinlar soni jami 80tani tashkil etdi.