Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV saytida xabarlar xitoy tilida ham berib borilishi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytining yangi qismida xitoycha versiya joriy etildi.
"TIV veb-sahifasining “O‘zbekiston Respublikasining ShHTga 2015-2016-yillardagi raisligi” deb nomlangan maxsus qismi xitoy tilida e'tiboringizga taqdim etilmoqda.
Mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga amaldagi raisligi doirasida ShHT, uning nizomiy organlari va boshqa tuzulmalari faoliyati hamda qabul qilingan qarorlar bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish rejalashtirilmoqda", deyiladi sayt xabarida.
Shu tariqa, hozirgi vaqtda maxsus qismda materiallar o‘zbek, rus, xitoy va ingliz tillarida joylashtirilmoqda.