Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Rossiyaga neft qazib olish hajmini 5 foizga kamaytirishni taklif qildi
Saudiya Arabistoni Rossiyaga neft qazib olish hajmini 5 foiz (bir sutkada 0,5 million barreldan ko‘proq)ga kamaytirishni taklif qildi. Bu haqda Gazete.Ru ikki mamlakatning nef ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tayotgan muzokaralardan xabardor axborot manbasiga tayanib ma'lum qildi.
Ayni paytda tomonlar dunyo bozoridagi taklifni kamaytirishning turli imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda, deya oydinlik kiritdi axborot manbasi.
Bundan avvalroq esa Saudiya Arabistoni neft narxi bilan bog‘liq masala va qazib olishni kamaytirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun OPeK a'zolari uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi.