Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yulduzlar janglari” filmining 9-qismi rejissyori filmni kinotasmaga olmoqchi
“Yulduzlar janglari” filmining 9-qismi rejissyori Kolin Trevorrou filmni raqamli kamera o‘rniga kinotasmaga olmoqchi ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Variety nashri.
Uning ta'kidlashicha, u o‘mishdagi voqealar so‘zlangan filmlarni kinotasmaga olingan holdagisini ko‘rishni ma'qul ko‘radi. “Mening miyamda nimadir ularda o‘sha paytda videokameralar bo‘lmagan-ku, deyapti”, deb aytmoqda rejissyor.
Trevorrou “Yulduzlar janglari” filmi ham o‘tmish voqealari haqidagi film ekanligini, chunki undagi barcha voqealar “ancha avval sodir bo‘lganini” aytib hazillashgan.
Trevorrouning “Yura davri dunyosi” filmi 2015 yilning iyunida 208,8 mln dollar yiqqan va kassaboplik bo‘yicha faqatgina “Yulduzlar janglari”ning 7-qismidan ortda qolgan.
Avvalroq Walt Disney kinostudiyasi filmning 8-qismining ekranlarga chiqish sanasini 7 oyga ortga surgani ma'lum qilingandi, endi film 2017 yilning dekabriga chiqarilishi belgilandi.