Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 15:18 / 29.01.2016
4209
1 daqiqa o‘qiladi
A321 halokati oqibatida Sharm ash-Shayx 760 mln dollar yo‘qotdi
Misrdagi Sharm ash-Shayx kurort shahrining turistik sektori oxirgi uch oy mobaynida 6 mlrd Misr funtini yoki 766 mln dollarni tashkil qildi. Egypt Daily News nashrining yozishicha, Janubiy Sinay hokimi general-mayor Xolid Fuda bunga Rossiyaning A321 samolyotining halokati sabab bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Ma'lum qilinishicha, har oy turistik soha vakillari 256 mln dollar yo‘qotmoqda.
Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida mintaqada xavfsizlik choralarini oshirish yo‘lida jiddiy ishlar amalga oshirilgani qayd qilib o‘tildi.