Sport | 17:31 / 29.01.2016
3060
2 daqiqa o‘qiladi

Arda Turon: «Atletiko»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib olgunimizcha asabiy bo‘laman

«Barselona» klubining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turon o‘zining sobiq jamoasi «Atletiko»ga qarshi Ispaniya chempionati 22-turida o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men «Atletiko»ni qattiq hurmat qilaman va jamoa o‘yinlarini muntazam ravishda kuzatib boraman. Menimcha, o‘yin oldidan va unday keyin asabiylashaman, ammo, o‘yin vaqtida emas.

Bu o‘yin o‘ta qiyin bo‘lishi aniq. Biz bu jamoani ta'qib etib bormoqdamiz. Bu jamoadan o‘zib ketish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. «Atletiko»ga qarshi o‘ynash bungacha ham oson bo‘lmagan, bundan keyin ham oson bo‘lmaydi» - deydi turkiyalik futbolchi Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» – «Atletiko» uchrashuvi ertaga, 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanishi belgilangan.