Sport | 18:21 / 29.01.2016
2588
2 daqiqa o‘qiladi

Australian Open. Finalda Endi Marrey Novak Jokovichga qarshi o‘ynaydi

Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ikkinchi yarim final o‘tkazildi.

Dunyoning ikkinchi raketkasi bo‘lgan britaniyalik Endi Marrey turnirga 13 raqam ostida tasniflangan Kanada vakili Milosh Raonichga qarshi chiqdi. Bu bahsda kutilganidek britaniyalikning qo‘li baland keldi. O‘yin 5 set (5 soatga yaqin) davom etdi.

Endi Marrey yarim finalga ispaniyalik David Ferrerni 6:3, 6:7(5), 6:2, 6:3 hisobida taslim etgan holda chiqqandi. Milosh Raonich esa chorak finalda Fransiya vakili Gael Monfisdan 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida ustun kelgandi.

Tennis. Australian Open. Erkaklar. Yarim final. Melburn (Avstraliya)
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) - Milosh Raonich (Kanada, 13) - 4:6, 7:5, 6:7 (4:7), 6:4, 6:2

Endi Endi Marrey finalda serbiyalik tennischi Novak Jokovichga qarshi bahs olib boradi. Endi Marrey uchun bu "Katta Shlem" turnirlaridagi to‘qqizinchi, Avstraliya Ochiq chempionatidagi beshinchi final bo‘ladi. O‘zi chiqqan finallardan 3tasini aynan Jokovichga boy bergan (2011, 2013 va 2015).

Australian Open —«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi dastlabki musobaqa bo‘lib, 18-31 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 44 million Avstraliya dollarini tashkil qiladi.

Australian Open. Jokovich Federerni yengib, finalga chiqdi