Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:02 / 29.01.2016
2110
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya janubi-sharqida kichik samolyot qulashi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi
29 yanvar kuni Avstraliya janubi-sharqida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy 3AW radiosi xabar bergan.
Samolyot Viktoriya shtatidagi Barvon-Xeds shahri yaqinidagi dengizga qulagan. Voqea joyiga sohil qo‘riqlash xizmatining ikkita kemasi va bitti vertolyot yuborilgan.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, hozircha 3 kishining jasadi topilgan. Qurbonlar soni haqida rasmiy ma'lumot berilmagan. Samolyotda jami 5 kishi bo‘lgan. Guvohlar bu vaqtda hududda havo sharoiti ko‘rishni yomonlashtirar darajada bo‘lganini qayd etishgan.