Sport | 16:10 / 29.01.2016
2387
2 daqiqa o‘qiladi

Daily Mail: Konte - «Chelsi» murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Italiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevro-2016 turniridan keyin «Chelsi» jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassis londonliklar jamoasining yangi bosh murabbiyiga nomzodlar orasida eng yaxshi imkoniyatga ega hisoblanadi.

Gazetada yozilishicha, Konte bilan muzokaralar Joze Mourino iste'foga chiqarilishi bilanoq, uning o‘rniga vaqtincha bosh murabbiy sifatida Guus Xiddink olib kelinishidan keyin, Rojdestvo arafasida Konte bilan dastlabki muloqot o‘tkazilgan va ikkinchi muloqot 2016 yilning mayida o‘tkazilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, nomzodlar qatorida nisbatan ko‘p imkoniyatga ega shaxslar sifatida Maurisio Pochettino («Tottenhem») va Massimiliano Allegri («Yuventus») nomlari ham tilgan olingan.

«Chelsi» murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ro‘yxati tuzildi

Konte «Chelsi» yoki «PSJ»da bosh murabbiy sifatida ishlashi mumkin