Jahon | 20:27 / 29.01.2016
4883
3 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti: G‘arb Suriya xalqi o‘rniga qaror qabul qilishga haqi yo‘q

G‘arb davlatlari Suriya qanday yo‘l bilan borishi borasida Suriya xalqi o‘rniga qaror qabul qilishga haqi yo‘q. Shunday fikrni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Fransiyaning France 24 telekanali, Le Monde gazetasi va France Culture radiostansiya tarqatgan intervyuda bildirdi.

“Suriya xalqi Bashar Asad bilan bo‘lishi kerakligi-yo‘qligini muhokama qilish Suriyadagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi. Bu masala uzoq muddatli istiqboldagina vujudga kelishi mumkin. G‘arb davlatlari esa ular Suriya xalqi uchun qaror qabul qilishga haqlari yo‘qligiga ko‘nikishlari lozim bo‘ladi”, deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniyning aytishicha, “Suriyada avvalambor xavfsizlikni tiklash lozim”. “Aks holda, mamlakatning 60 foiz hududi terrorchilar tomonidan bosib olingan bir sharoitda chinakam saylovlarni tashkil qilish mumkinmi? Bunday vaziyatda qanday qilib mamlakatning kelajagi haqida rejalar tuzish mumkin?”, degan savol bilan yuzlandi Eron prezidenti.

“Terrorchilikka qarshi kurash barchasining asosi bo‘lishi kerak. Suriyada jinoyat sodir etayotganlar terrorchilardir. Ular ommaviy ravishda odamlarni o‘ldirmoqdalar. Aynan ular haqiqiy jinotchilardir. Ularni yo‘q qilish lozim”, deb ta'kidlamoqda Ruhoniy.

“Suriya hukumatining kelajagi borasida gapiradigan bo‘lsak, qisqa muddatli istiqbolda Bashar Asadning hokimiyat tepasida bo‘lishidan boshqa yechim yo‘q. Agar biz terrorchilikni yo‘q qilmoqchi bo‘lsak, unda barqaror faoliyat yurituvchi markaziy hukumatsiz o‘z vazifalarini bajara olmaydigan Suriya armiyasiga yordam berishimiz lozim”, deb aytdi Eron prezidenti.

Ruhoniyning fikricha, Suriya muammosi “barchadan sa'y-harakatlarni talab qiladi va barcha uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”. Uning fikricha, Suriyadagi islohotlarni tinchlik va barqarorlik uchun munosib sharoitlarni yaratish uchun terrorchilikni yo‘q qilishdan boshlash kerak, bu esa mamlakatga qochqinlarning qaytishiga imkon beradi. Shundan keyingina konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish lozim.