Sport | 23:09 / 29.01.2016
2442
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya FF FIFA prezidentligi uchun saylovda Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Grining ma'lum qilishicha, federatsiya Janni Infantinoni FIFAning yangi prezidenti bo‘lish uchun eng munosib nomzod deb biladi.

"Fransiya futbol federatsiyasining ijroiya qo‘mitasi saylovda Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlash borasida qaror qabul qildi. 12 nafar a'zodan 11 nafari uning nomzodini ma'qulladi

Janni o‘zining bu sohadagi yutuqlari orqali barchamizga ma'lum. Unda mahorat, tajriba, ishchanlik va munosabatlar o‘rnatishdagi o‘ziga xos xislatlar bor. U UYeFAdagi faoliyati orqali o‘zini namoyish qilib bo‘lgan

Infantinoning dasturi aql bilan ishlab chiqilgan va kerakli tomonga yo‘naltirilgan. U FIFAning imijini tiklashi, iqtisodiy tomondan rivojlantira oladi.

Danni 209 federatsiya vakillari orasida tenglik o‘rnatishni istayotgani bilan e'tiborga sazovor", deydi Le Gre.

Germaniya FF Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlamoqchi

Rossiya Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi

Infantino FIFA prezidentligiga saylansa, birinchi kundanoq islohotlarni boshlashga va'da qildi

Janubiy Amerika FIFA prezidentligi uchun saylovda Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi