Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:34 / 29.01.2016
4697
1 daqiqa o‘qiladi
H&M kompaniyasi Devid Bekxem hamda uning 350 nafar egizagi ishtirokidagi reklama roligini taqdim etdi
Tarmoqda H&M kompaniyasining mashhur futbolchi Devid Bekxem hamda uning 350 nafar egizagi ishtirokidagi navbatdagi reklama roligi paydo bo‘ldi.
Rolik Fredrik Bond tomonidan suratga olingan. Unda mehmonxonadagi xonadan chiqayotgan Bekxem hamda atrofdagi barcha angliyalik futbolchi kabi kiyinib olgani tasvirlangan.
Ma'lumot uchun, Devid Bekxem bir necha yildan beri H&M kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu yil futbolchi “Modern Essentials selected by David Beckham” deb nomlangan bahorgi kolleksiyani taqdim etdi.