Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:09 / 29.01.2016
3013
1 daqiqa o‘qiladi
«Inter» Ederning transferi haqida e'lon qildi
Milanning «Inter» jamoasi asli braziliyalik, Italiya fuqaroligiga ega hujumchi Ederni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e'lon qildi.
Transfer huquqi «Sampdoriya»ga tegishli bo‘lgan bu futbolchi 2 mavsum uchun ijaraga olingan. Kelishuvga ko‘ra, "nerazzurilar" Ederni keyinchalik sotib olishi mumkin.
Italiya terma jamoasiga nomzod hisoblanadigan bu 29 yoshli futbolchi «Sampdoriya» safida joriy mavsumda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol urgan hamda 2ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.