Jahon | 19:51 / 29.01.2016
3429
1 daqiqa o‘qiladi

Intercept: AQSh va Britaniya Isroilning uchuvchisiz parvoz qurilmalari ortidan kuzatgan

AQSh va Buyuk Britaniya razvedka xizmatlari Isroilning uchuvchisiz parvoz qurilmalari ortidan muntazam josuslik qilgan, deb yozmoqda The Intercept.

Ma'lum qilinishicha, AQSh va Britaniya maxsus xizmatlari uchuvchisiz parvoz qurilmalari uzatgan foto va videoma'lumotlar hamda ularning navigatsiya asboblari ma'lumotlarini olgan. Parvoz qurilmalarining nazorat tizimi buzilgani holati AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden taqdim qilgan hujjatlar tufayli ma'lum bo‘ldi. Dronlar ortidan kuzatuv Kipr hududidan amalga oshirilgan.

Isroil hukumati bu ma'lumotga hech qanday izoh bermadi.

Avvalroq AQSh maxsus xizmatlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ortidan josuslik qilganlari ma'lum bo‘lgandi.