O‘zbekiston | 11:55 / 29.01.2016
7622
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda Xitoyning jahonga mashhur Minglong kompaniyasi brendi ostida sun'iy tolali tikuv iplari ishlab chiqarilmoqda

Jizzax erkin sanoat zonasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan «Luxury Furniture Business» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan import o‘rnini bosuvchi sun'iy tolali tikuv iplari ishlab chiqarila boshlandi. Xitoyning jahonga mashhur Minglong korporatsiyasi patenti qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ushbu brend ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli, eksportga yo‘naltirilgan va raqobatbardosh mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarda ham o‘z xaridorlarini topib ulgurdi.

O‘zbekistondagi tikuv fabrikalarini zamonaviy texnologiyalar, dunyo ishlab chiqaruvchilarining eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda tayyorlangan import o‘rnini bosuvchi sifatli va arzon narxlardagi sun'iy tolalali iplar, shuningdek, tikuv furnituralari (yordamchi materiallar), aksessuarlarning boy assortimentlari bilan ta'minlash borasida korxonada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Xitoyning «Shanghai Songhai Industrial Trading Corporation», «Ruian Ruipai Machinery Co. Ltd» i «Ningbo Dingming Machinery Manufacturing Co Ltd» kompaniyalarining 327 520 dollarlik uskunalari o‘rnatildi. Loyihaning umumiy qiymati esa 650.000 AQSh dollarini tashkil etdi. Korxona to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatsa, yiliga 5 million dollarlik mahsulotlarni ishlab chiqarib, O‘zbekiston eksport salohiyatining yanada ortishiga, tayyor mahsulotlar esa MDH va jahon bozorlarini egallashiga xizmat qiladi.
Ayni paytda korxona yiliga 540 ming kilogramm sun'iy ip, 144 ming metr2 straz (suniy qimmatbaho tosh), 1 million 800 ming metr metalli va 3 million 600 ming metr plastikli to‘lqinsimon ilgakli tugma (zastyojka-molniya), shuningdek, 288 ming kilogramm BOPP-plyonka (biaksial-oriyentrlangan polipropilen plyonka) ishlab chiqarish salohiyatiga ega.

Ta'kidlash joizki, korxonaning asosiy xorijiy hamkori – «Yiwu Mingrong Thread Industry CO.LTD» kompaniyasi (Xitoy) mahsulotlarni MDH davlatlariga eksport qilishda sherikchilik qilib kelmoqda. Mazkur kompaniya o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, MDH davlatlariga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan.