Sport | 21:05 / 29.01.2016
2564
2 daqiqa o‘qiladi

Kokorin va Jirkov «Zenit»ga 2 fevralgachayoq qo‘shilishi mumkin

Moskvaning «Dinamo» jamoasi hujumchisi Aleksandr Kokorinning piterliklar jamoasi «Zenit» tomonidan transfer qilinishi bo‘yicha jarayon qishki transferlar vaqtidayoq tugallanishi mumkin. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashrida yozilgan.

Manbaning yozishicha, Yuriy Jirkovning ijarasi bo‘yicha ham yaqin vaqt ichida shartnoma imzolanishi mumkin.

Bundan oldinroq, Jirkov piterliklar safiga 2016 yilning yozida borib qo‘shilishi haqida xabar berilgandi. Agar ijara shartnomasi imzolansa, Jirkov 2 fevral kunidanoq yangi jamoasiga borib qo‘shilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, YeChL uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2 fevral kunigacha etib belgilangan. Kokorin ham shu kungacha rasman transfer qilinib, ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Moskvaliklar Kokornining transferi va Jirkovning ijarasi orqali 5 mln yevrogacha daromad qilishi mumkinligi aytilgan. Aynan shu jihat piterliklarning qarorida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Kokoringa qancha miqdorda maosh to‘lash masalasi ham hal qilib bo‘lingan.

Jirkov «Zenit» bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

«Zenit» «Dinamo»ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi