Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Land Rover 68 yil davomida ishlab chiqarilgan “Defender” yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Land Rover kompaniyasi 68 yil davomida ishlab chiqarilgan “Defender” yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. 29 yanvarda kompaniyaning Angliyaning Solixalldagi korxonasidan bu modelning oxirgi 15 tasi chiqarildi.
Bu mashinalar orasida modelning ishlab chiqarilishdan olinishi uchun maxsus yaratilgan Heritage modifikatsiyasi ham bo‘ldi. Mashina 1948 yilda ishlab chiqarilgan Land Rover Series I modeliga o‘xshash yashil rang kuzov va matoli tomga ega bo‘ldi.
Hozirgi “Defender” Land Rover Series’ning davomi bo‘lgan. U 1983 yilda yaratilgan va ayni kungacha sezilarli tashqi va konstruktiv o‘zgarishlarsiz ishlab chiqarilgandi. 2015 yil yozida britaniyaliklar modelning ikki millioninchi nusxasini ishlab chiqarishgandi, keyinchalik bu mashina auksionda 400 ming funt sterlingga (550 ming yevro) sotilgan.
Keyingi avloddagi Land Rover Defender 2018 yilda ishlab chiqariladi. Alyuminiy platformasida quriladigan yangi yo‘ltanlamasning dvigatellari orasidan Ingenium oilasiga mansub 2 litrli benzinli va dizelli “turboto‘rtlik”lar hamda atmosferali va kompressorli 3 litrli V6 dvigatellari o‘rin oladi.
Yangi yo‘ltanlamas kamida 5 ta turli kuzov bilan taqdim qilinadi, ular orasida pikap va 5 eshikli 7 o‘rindiqli versiyasi ham bo‘ladi.

Yo‘ltanlamas kompaniyaning Slovakiyadagi yangi korxonasida ishlab chiqariladi, bu korxonani yaratish uchun Jaguar Land Rover alyansi bir mlrd funt sterling mablag‘ sarflamoqchi.