Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:10 / 29.01.2016
3735
1 daqiqa o‘qiladi
Niderlandiya Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun qiruvchi samolyotlar yuboradi
Niderlandiya hukumati Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun qiruvchi samolyotlar yuborishga qaror qildi, deb xabar bermoqda RTL telekanaliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Niderlandiya avvalroq Iroqqa 6 ta F-16 qiruvchi samolyotini yuborgan. Biroq Suriyaga yuboriladigan samolyotlar soni bo‘yicha aniqlik kiritilmagan.
AQSh hukumati avvalroq Niderlandiyadan IShID jangarilariga qarshi kurashga qo‘shilishini so‘ragan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish