Texnologiya | 22:14 / 29.01.2016
2777
1 daqiqa o‘qiladi

Nissan avtomobillari yengilroq bo‘ladi

Nissan kompaniyasi 2016 yilda o‘zining yengil avtomobillari vaznini ancha kamaytirmoqchi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yaponiyaliklar bir qator britan kompaniyalari bilan birga “kelajak avtomobillarining tagi” yasaladigan yangi material ishlab chiqishmoqchi. Hamkorlar avtosport hamda aerokosmik sanoatda ishlatiladigan resurs va texnologiyalarni qo‘llashmoqchi. “Lightweighting Excellence” dasturi doirasida avtosanoatda inqilobiy yangi ishlab chiqarish jarayoni yaratiladi.

Yangi yengilroq materialning ishlatilishi avtomobillarning dinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va mashinalarda ko‘p sonda yordamchi qurilmalarni tatbiq qilish imkonini beradi.

2020 yilgacha Renault-Nissan alyansi avtonom boshqaruvga ega 10 dan ko‘proq modelni seriyali tarzda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Hamkorlarning ta'kidlashicha, bu “hamyonbop narxlardagi modellar” bo‘ladi, ular AQSh, Yevropa, Xitoy va Yaponiyada sotuvga chiqriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish